Bo‘sh ish o‘rinlari

Viloyat gazetalari




Valuta kurslari


Kommunal xizmatlar tariflari


Bosh sahifa / Viloyat haqida

Tarixiy-madaniy obidalar


Viloyat hududidagi tarixiy-madaniy obidalar

Xoja doniyor maqbarasi

Xoja Doniyor maqbarasi Samarqanddagi eng mo‘'tabar va mashhur ziyoratgohlardan hisoblanadi. Doniyor, Daniil, Daniyel – musulmon, nasroniy va yahudiy adabiyotlaridagi aziz - avliyoning nomidir.

Doniyor Quddu da eramizdan avvalgi 603 yilda tug‘ilgan bo‘lib, shoh Dovud va Sulaymon (Solomon)larning avlodiga mansubdir.

Rivoyatlarga ko‘ra, Amir Temur o‘zining (1397-1404 yillar ) Kichik Osiyoga yetti yillik yurishi vaqtida Suza shahridagi avliyo Doniyorning tabarruk qo‘nimgohidan bir qism xoki ni o‘rnatilgan tartib-qoidalar talabini amalga oshirib, Samarqandga olib kelgan.

Maqbarada dunyodagi eng uzun - 18 metrlik qabr mavjud. Maqbara binosi XX asr boshlarida qurilgan. Shunga qadar bu yerda Xoja Doniyorning qabri va masjid bo‘lganligi haqidagi ma'lumotlar bor.

Mustaqillik yillarida ushbu ziyoratgohda keng qo‘lamda obodonlashtirish, ta'mirlash, qurilish va ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratish ishlari olib borilmoqda.


Hazrati xizr masjidi

Hazrati Xizr masjidi Samarqand sh ahrining muqaddas ziyoratgohlaridan biridir. U Samarqanddagi birinchi musulmon masjidi va me'moriy obidasi sifatida e'tirof etiladi.

Masjid Qutayba ibn Muslim tomonidan qurilib, Hazrati Xizr nomi bilan atalgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, dastlab sajdagohi mavjud bo‘lgan. VIII asrda arablar tomonidan otashparastlarning ibodatxonalari buzib tashlanadi. Shu tepalikdagi ibodatxona o‘rniga Qutayba ibn Muslim tomonidan birinchi masjid binosi quriladi va Hazrati Xizr nomi bilan ataladi.

Hoja Doniyor, Qusam ibn Abbos va Hazrati Xizr ziyoratgohlari aslida bitta majmua bo‘lgan. Masjidga kiraverishdagi marmar toshda ko‘rsatilgan “ 1854 yil ” yozuvi uning Buxoro amiri Amir Muzaffarxon tomonidan tiklanganligiga ishoradir.

1899 yilda masjidning ayvon va darvozaxona qismi qayta qurilgan. Darvoza yuzasiga yozilgan hijriy 1336 yil (melodiy 1916-1917 yillar) yozuvi darvozaxona va minoraning qayta tiklangan vaqtini anglatadi. Fikrimizni xonaqoh mehrobidagi 1274 yil hijriy (1854 melodiy yil), 1302 hijriy yil (1884 melodiy yil) degan yozuvlar isbotlaydi.

Mustaqillik yillarida hazrati Xizr masjidi mamlakat rahbariyati qo‘llab-quvvatlashi bilan bir necha bor mukammal ta'mirlandi, masjid yonida joylashgan Arzis qudug‘i qayta tozalanib, qadimiy holiga qaytarildi.  


Amir Temur maqbarasi

Markaziy Osiyo me'morchiligining noyob asari sifatida e'tirof etilgan Amir Temur maqbarasining qurilishi 1403 yilda boshlanib, 1424 yilda tugatilgan.

Maqbara Amir Temurning taxt vorisi, deb e'lon qilingan nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirilgan. Muhammad Sulton 1403 yilda Kichik Osiyoga qilgan safari vaqtida, 29 yoshida bevaqt vafot etadi. Shahzoda Samarqandga keltirilib, dastlab masjidning xonaqosida dafn qilinadi.

Maqbara sakkiz burchakli gumbaz asosida barpo etilgan. Hozirgi zamon mutaxassislarini ham birmuncha o‘ychanlik bilan fikrlashga undaydi.

Binoning mo‘'tadil haroratini saqlash, Sharqona qurilish uslublari orqali el ardog‘ida bo‘lgan shaxslarni o‘ziga xos hurmat bilan ulug‘lash, ularning buyukligini bejirim bezaklar orqali ifodalash kabi xususiyatlari har qanday kishini lol qoldiradi.

Sohibqiron Amir Temur ham ushbu maqbaradan (1405 yil) abadiy qo‘nim topgan.

1409 yilda Amir Temurning kenja o‘g‘li, Xuroson hukmdori Shohrux Mirzo otasining ma'naviy piri Mirsaid Barakaning jasadini (turbati) Andxoydan olib keltirib, shu maqbaraga, Sohibqironning bosh tomoniga dafn ettiradi. Bu bilan otasi – Amir Temurning vasiyatini bajaradi.

1424 yilda Mirzo Ulug‘bek tomonidan maqbara sahniga qabrtoshlar qo‘yilib, atrofi nafis marmar toshdan qilingan panjara bilan o‘raldi va ko‘k gumbazli galeriya qurilib, ziyoratxonaga Sharq tomon dan kirilishi ta'minlandi.

Maqbaraning ichki tomoni tilla suvi yugurtirilgan bo‘rtma qog‘oz naqshi bilan bezatil gan.

Bezaklarda ishlatilgan kompozitsiyada Qur'oni Karim oyatlari islomiy, handasaviy naqshlar hamda arabiy xattotlik san'atining kaligrafik naqshlari bilan bitilgan.

Maqbaraga, shuningdek, Mironshoh Mirzo va Shohrux Mirzo ham dafn etilib, temuriylar xilxonasiga aylangan.

1449 yilda Mirzo Ulug‘bek ham shu maqbaraga, bobosining p o y iga dafn etil gan.

Mustaqillik yillarida, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi va Mirzo Ulug‘bek tavalludi ning 600 yilligi munosabati bilan maqbarada katta hajmda ta'mirlash ishlari olib borildi. XIX asr ning oxirida qulab tushgan minora va gumbazning zar qubbasi qayta tiklandi.


Nodir devonbegi madrasasi

Nodir Devonbegi madrasasi naqshbandiya tariqatining yirik vakillaridan biri, buyuk nazariyotchi va nufuzli shayx Xoja Ubaydulloh Ahror ziyoratgohiga yaqin joylashgan bo‘lib, hijriy 1040 (melodiy 1631) yil ashtarxoniylar sulolasining namo ya ndasi Subhonqulixon saltanati davrida, Nadirbiy T o g‘ a y nomi bilan tanilgan Nodir Mirzo Tog‘ay ibn Sulton Arlot tomonidan qurilgan.

Bu madrasa Hoja Ahror xonaqosi yonida joylashganligi bois, xalq o rasi da “ Hoja Ahror madrasasi ” deb ham yuritiladi. Mazkur madrasaning Xoja Ahrori Valiy xonaqosini ng yonida barpo qilinishini Nodir Mirzo Tog‘ay ibn Sultonning Hojaga bo‘lgan cheksiz hurmati belgisi, deb tushun ish mumkin.

Nodir devonbegi madrasasi loyihasini ishlashda Registonning Sherdor madrasasi binosi ko‘rinishidan ijodiy foydalan il gan. “ Ikkinchi Sherdor ” madrasasi (xalq oras ida shunday deb yuritiladi) 1978 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Abdug‘affor Haqqulov tashabbusi hamda rahbarligi ostida qayta ta'mirlangan. Madrasa peshtoqidagi sher suratining aks ettirilishi, katta hovlining chetlaridagi hujralarning joylashishi Registondagi Sherdor madrasasining nusxasini takrorlaydi va undan farqli o‘laroq, bu yerda minoralar yo‘q. Madrasa bir qavatli qurilgan bo‘lib, XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan hashamatli va sharqona to‘rt ayvonlilik usulida bunyod etilgan.

Madrasaning peshtoqida qurilishning boshlanish vaqtini ko‘rsatuvchi yozuvlar bitilgan. U lar naqsh bezaklari bilan uyg‘unlashib ketgan. Bu yozuvlarni naqshlar bilan hashamatlashtirish X oja Hoshim va muhandis-quruvchi Do‘stmuhammadlar ijodi va bezak san'atining namunasidir.

Madrasa katta masjid, darsxona vazifasini o‘tagan zaldan, to‘rt ta darsxona va 28 ta hujralardan iborat. Katta zal ustida hashamatli gumbaz mavjud.


Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi

Rasadxona Mirzo Ulug‘bek tomonidan 1429 yil da Samarqand yaqinidagi Ko‘hak tepaligida qurilgan. Silindr shaklidagi uch qavatli bino asosining diametri 60 metr bo‘lgan. Markazidan janub-shimol yo‘nalishida, radiusi 40 metrli qo‘shaloq yoy shaklidagi kvadrant barpo etilgan. Kvadrant aylananing to‘rtdan bir qismi bo‘lib, 90 daraja li yoyni anglatadi. Rasadxona kvadrantining ostki qismi qoyani kesib, 11 metrli chuqurlikka joylashtirilgan. Kvadrantning tepa qismi yer sathidan 31 metr, hozirgi o‘lchov bilan 10 qavatli bino balandligicha ko‘tarilgan.

Rasadxonaga yuzma-uz qilib, o‘sha davrlardayoq dunyoni o‘ziga qaratgan Registonning bir bo‘lagini o‘zida ifoda etgan muzeyning 2010 yilda bunyod etilgan binosi viqor to‘kib turibdi.

Muzeyning kirish qismi O‘zbekiston xalq rassomi A.Ikromjonov mo‘yqalamiga mansub Mirzo Ulug‘bekning portreti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Mirzo Ulug‘bek haqidagi so‘zlari bilan boshlanadi.

Muzey ekspozitsiyasida Sohibqiron Amir Temur davlatchiligiga oid xarita, Ye vropa davlatlarining qirollari tomonidan yozilgan xat nusxalari namoyish etilgan. O‘z asrining buyuk astronomi Mirzo Ulug‘bekning tug‘ilishiga oid miniatura nusxasi, Ulug‘bek davri fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ olimlar Jaloliddin Rumiy, Ali Qushchi portretlari va o‘sha davrda zarb qilingan tangalar ekspozitsiya mazmunini boyitgan.

Rasadxona tarixi bilan bog‘liq vaqf hujjati namunasi, me'morlar Nilsen, G.Pugachenkova, M.Bulatovlar tomonidan tayyorlangan rasadxona maketlari tomoshabin lar diqqatini tortadi.

Mirzo Ulug‘bekning XVII asrda jahonning buyuk astronomlari davrasida tasvirlangan linagravura, buyuk olim qalamiga mansub “Zij” asari h amda k yengliklar darajalarini aniqlashda qo‘llangan maketlar loyihasi, qiblanomalar ekspozitsiyadan o‘rin olgan.

...2009 yilning aprel oyida Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani kengliklari “Maydanak” fazoni kuzatish rasadxonasida yangi sayyora aniqlanib, jahonshumul voqelikka asos solindi. Ushbu sayyoraga muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov taklifi bilan “Samarqand” nomi berildi.

Ekspozitsiyada ana shu kenglikda olingan “Samarqand” nomi bilan ataluvchi sayyora surati ham o‘ rin olgan.


BIBIXONIM jome masjidi

Amir Temur jome masjidi Markaziy Osiyodagi eng yirik inshootlardan biri hisoblanadi. Tarixchi G‘iyosiddin Ali Yazdiy “ Zafarnoma ” asarida “ …801 yil Ramazoni Sharif oyining to‘rtinchi kunida ( milodiy 1399 yil, 10 may) Amir Temur masjid uchun poytaxtning eng yaxshi joyini tanladi. Mashhur ustalar va me'morlar bu ulkan imoratning loyihasini tuzdilar va eng saodatli kunlar da uning poydevorini qurishga kirishdilar ”, deb yozib qoldirgan.

Sohibqiron Amir Temur masjid qurilishi vaqtida harbiy yurishlarda bo‘lganligi bois qurilishga Saroymulkxonim – Bibixonim rahbarlik qilganligi uchun el ichida Bibixonim masjidi, deb yuritiladi.

Bibixonim jome masjidining umumiy sahni 167x109 m. bo‘lib, burchaklarida baland minoralar bo‘lgan va ular bizga noma'lum sabablarga ko‘ra buzib yuborilgan. Hozirgi vaqtga kelib bu minoralar qayta tiklandi.

Ta'mirlanishga qadar jome masjidi bir-biri bilan bog‘lanmagan 6 ta me'moriy bo‘laklardan iborat bo‘lgan. Masjidning hovli sahniga marmartosh taxtalar yotqizilgan.

XV asr o‘rtalarida Mirzo Ulug‘bek farmoniga binoan hovli o‘rtasida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh o‘rnatilgan. U Qur'on o‘qiladigan maxsus kursi bo‘lib, dastlab asosiy bino ichida turgan 1875 yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli o‘rtasiga chiqarib qo‘yilgan. Lavhning atrofi nafis hoshiyalar, muqarnaslar, o‘simliksimon naqshlar va yozuvlar bilan bezatilgan.

Jome masjid i peshtoqi mahobatli bo‘lib, o‘rtasida kengligi 18,8 metrli ravoq mavjud. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland bo‘lgan. Peshtoqning ichki tomonida kichikroq (ikkinchi) ravoq o‘rnatilgan. Ravoqning yonlari o‘ymakor marmar toshlar bilan bezatilgan. Uning ustidagi lavhasida masjidning qurilgan yili va Amir Temur shajarasi yozilgan.

Qo‘sh tabaqali darvoza esa yetti xil temir qotishmasi, “ haft jo‘sh ” dan yasalgan. Jome masjid i ning asosiy (mehrobli) binosi Amir Temur zamonasining me'moriy uslublari to‘g‘risi da ma'lumot beradi. Masjid gumbazining doira asosli sirtiga muqaddas Qur'on oyatlari bitilgan bo‘lib, gumbaz feruza koshinlar bilan pardozlangan.

Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning asosan kichik hajmdagi takrori bo‘lsa-da, naqshlarining soddaligi va gumbazining kungiraligi bilan farq qiladi.

Jome masjidining ichki qismini pardozlashda naqqoshlik bezaklari qatorida zarhal bo‘rtma gulqog‘ozdan foydalanilgan.

Bibixonim jome masjidida keyingi davrda ta'mirlash, tiklash bobida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi va bu ishlar davom ettirilmoqda.


Sahifa oxirgi yangilangan vaqt: 2014-10-30 21:22:30

Fuqarolar murojaatlari



Virtual qabulxona

Murojaatlar holati

Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish

Jami murojaatlar:
955
Ko‘rib chiqilmoqda:
354 (37%)
Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan:
601 (63%)

Elektron pochta


@samarkand.uz
Sirli so‘z:

E-Hujjat

Ob-havo


gaziantep escort